Jurnal haqida
"Turan xalqaro universiteti yosh olimlar" jurnali yosh olimlar va talabalar uchun mo'ljallangan ilmiy nashr bo'lib, zamonaviy muammolarning keng doirasi bo'yicha maqolalarni nashr etadi.
- Tahririyat, retsenzentlar va mualliflar ilmiy nashr etikasiga rioya qilishlari shart.
- Taqdim etilgan maqolalar mustaqil ekspertlar tomonidan tekshiriladi.
- Jurnal maqolalari Open Access formatida bo'ladi – bepul o'qish va yuklab olish mumkin.
- Maqolalar o'zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Maqola topshirish
Quyidagi havolalar orqali topshiriladi:
Nashr muddati
- Birinchi son – 31-martgacha
- Ikkinchi son – 30-iyungacha
- Uchinchi son – 30-sentabrgacha
- To'rtinchi son – 31-dekabrgacha
Talablar
- Asosiy matn hajmi 5–10 sahifa (sarlavha, annotatsiya va adabiyotlar bundan mustasno).
- Microsoft Word formatida, Times New Roman, 14 shrift, 1.0 qator oraliġi.
- Matn chetlari: har tomondan 2 sm.
- Sarlavha markazda, to'q qora rangda.
- Muallif ismi, ish joyi, unvoni markazda ko'rsatiladi.
- UDK yuqori o'ng burchakda.
- Annotatsiya va kalit so'zlar o'zbek va ingliz tillarida.
- 2 ta jadval, 2 ta rasm va formulalar Microsoft Equation orqali kiritilishi mumkin.
- APA uslubida kvadrat qavsli havolalar [1]. Maksimal 10 manba.
- Qalin, kursiv yoki tagiga chizilgan shriftlarga ruxsat yo'q.
- Plagiat tekshiruvi majburiy. Retsenziyadan keyin qayta plagiat tekshiruvi bo'ladi.
- Muallif jurnalning har bir sonida faqat 1 ta maqola nashr qildira oladi.
- Maqola 4 nafar muallifdan oshmasligi kerak.
Eslatma: Maqola ilgari hech qayerda nashr etilmagan bo'lishi talab etiladi. Tahririyat maqolani rad etish huquqini saqlab qoladi.